AGI dan keyingi dunyo

Yaqinda sun'iy intellekt dunyosidagi eng muhim suhbatlardan biri bo'lib o'tdi. Bir sahnada Demis Hassabis — DeepMind CEO va Dario Amodei — Anthropic CEO uchrashdi. Suhbat mavzusi: "AGI (umumiy sun'iy intellekt) paydo bo'lgandan keyingi dunyo qanday bo'ladi?"

AGI qanchalik yaqin?

Dario Amodei fikricha, AGI darajasidagi tizimlar 2027-yilda paydo bo'lishi mumkin. Uning asosiy dalili shundaki, AI allaqachon kod yozmoqda, tadqiqotlarda yordam bermoqda va tez orada o'zini o'zi yaxshilaydigan loop (AI yaxshiroq AI ni qurishi) yopilishi mumkin.

Demis Hassabis esa ehtiyotkorroq. U AGI shu dekadaning oxirigacha kelishiga 50% ehtimollikdagi ishonchi borligini aytdi. Sababi: kod yozish va matematikadan tashqari, haqiqiy ilm-fan — tajriba qilish, hypothesis yaratish, yangi savollar berish — hali ham AI uchun juda murakkab.

Asl farq shunda:

  • biri tezlashuv allaqachon boshlandi deyapti,
  • ikkinchisi esa ba'zi muhim bo'shliqlar hali yopilmadi deyapti.

Eng muhim savol: AI o'zi AI yarata oladimi?

Ikkala rahbar ham bitta narsada fikrlari bir joydan chiqdi: agar AI to'liq mustaqil ravishda yangi AI yaratishni o'rganib olsa, jarayon juda tezlashadi.

  • Kod va matematika sohalarida bu yaqin.
  • Ammo robototexnika, fizika, biologiya kabi real dunyo bilan bog'liq sohalarda bu ancha sekin va qiyinroq.

Bu masala — butun konsepsiyaning asosiy kaliti.

Ish o'rinlari xavfi

Hozircha ommaviy ishsizlik yo'q. Ammo ikkalasi ham bir narsani ochiq aytishdi: eng birinchi zarba entry-level (boshlang'ich) oq yoqali (white collar) ishlar — junior dasturchilar, internlar — ga tegadi.

1–5 yil ichida ko'plab kasblar yo'qolmasligi mumkin, lekin moslashish tezligi yetmay qolishi mumkin.

Eng chuqur savol esa pul emas. Demis Hassabis aytganidek:

Muammo faqat daromad emas — ish bizga ma'no va maqsad beradi.

Umumiy xavf AI tarafdan

Ikkalasi ham "AI baribir bizni yo'q qiladi" degan fikrga qo'shilishmaydi. Ammo xavf borligi — bor gap.

Eng katta xavf — tezlik. Agar poyga kuchayib, himoya mexanizmlari e'tiborsiz qolsa, xatolar qimmatga tushadi.

Nega ular unda baribir to'xtashmayapti, aksincha davom etishyapti?

Chunki bu sohada cheksiz imkoniyatlar mavjud. AI ilm-fan uchun eng kuchli vosita bo'lishi mumkin: kasalliklarni davolash, yangi energiya manbalari, kashfiyotlar va hokazo.

Oxirida ular bir narsani aytishdi: jamiyat AI ni qabul qilishi uchun ko'proq real foyda ko'rsatish kerak, faqat va'dalar emas. To'g'ri fikr.

Xulosa

Bu suhbatdan bitta narsa aniq bo'ldi:

AGI "kelajak" masalasi emas, "uje boshlangan" masala.

Biz tayyormizmi? Bu savol ochiq — "hozircha".


@javohir_data

← Back to all posts Javohir Hoshimov